Bajarilgan ishlardan namunalar
Shablon ko'chirib olish uchun maxsus sahifaga o'ting
Ushbu sahifada real proyektlar bilan birga konsept ishlar ham joylab boriladi. Shuningdek o’zingizga ma’qul kelgan dizaynni shablon ko’rinishida ko’chirib yoki sotib olishingiz mumkin.
Moushen grafika.
O’zimning Telegramdagi portfoliomni reklamasi uchun tayyorlangan moushen video-rolik.
Ko’rish…
Qurilish kompaniyasi uchun veb sayt namunasi.
Sayt tayyorlashni o’rganish vaqtida OpenServerda tayyorlangan sayt. Oddiy, lekin chiroyli sayt bo’lgan. Saytni «Preview» holati Behance da. Saytni real varianti tez orada taqdim etiladi.
Fitnes sport zal uchun veb sayt namunasi
O’rganish jarayoni davridagi ishlardan yana biri. Fitnes klubi uchun ishlatishga tayyor sayt namunasi. Real varianti tez orada tayyor bo’ladi. Hozircha Behance da ko’ring.
Moushen grafika.
Kun trendi bo’lgan marketpleys uchun moushen kontent. Bu konsept ishda yetakchi marketpleyslardan biri Wildberries hamda poyafzal ishlab chiqarish sohasida yetakchilardan bo’lgan Kari brendining hamkorlikdagi loyihasi asos qilib olindi.
Moushen grafika.
Bu media kontent tibbiyot sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalaar yoki shu sohada ishlovchi SMM kompaniyalari uchun moslangan. Video minimalistik stilda tayyorlangan. Bu konteksli reklama uchun ayni ommabop hisoblanadi.
Sun'iy intellekt trendiga murojaat.
Ko’pgina dizaynerlar qatori kamina ham sun’iy intellekt bilan yaxshi do’stlashib oldi. Premium kontentlar generatsiyasi bilan Behance da tanishishingiz mumkin.
Karusel usulida reklama kontenti.
Instagram sahifalarida mashxur bo’lgan «Karusel» usulida reklama dizayni. Kontent sayohat agentligi misolida tayyorlangan. Arxivdagi ishlardan.